SOY

SOY -1) tabiiy o’zanda doimiy va mavsumiy oqadigan kichik daryo, ariq, vodiy, irmoq; 2) oqar suvlar faoliyati natijasida yoki tektonik harakat oqibatida hosil bo’lgan kambar, uzun relef shakli. Soyda suv … Read More

SOVXOZ

SOVXOZ (ruscha sovetskoe xozyaystva — sovet xo’jaligi) — sobiq SSSRda qishloq xo’jaligida tashkil etilgan yirik davlat xo’jaligi. 1918 yildan boshlab tuzilgan. O’zbekistonda dastlabki Sovxozlar paxtachilik bo’yicha 1921 yildan tashkil etila … Read More

SOVUQBULOQ

SOVUQBULOQ — Toshkent viloyatining Janubidagi soy. Qurama tizmasi yon bag’ridan, 2200 metr balandliqdagi buloqlardan boshlanadi. Uzunligi 20 kilometr. Bahor va kuz oylarida suvi to’lib oqadi. Yoz oylarida qurib qoladi.

SOAT

SOAT (lotincha Horologium) — osmon sferasining Janub yarim sharidagi yulduz turkumi. Eridan, Janubiy Gidra, Oltin Baliq va iskana yulduz turkumlari orasida joylashgan. Yer sharining Janubiy kengliklarida kuz va qishda kuzatiladi.

SLAYD

SLAYD (inglizcha slide) — shaffof asos (shisha plastinka yoki plyonka)ga tushirilgan oq-qora yoki rangli fotografik tasvir.

… SKOPIYA

… SKOPIYA (Yunoncha skopeo — ko’raman, qarayman, kuzataman) — o’zlashma qo’shma so’zlarning ikkinchi qismi; kuzatish, vizual o’rganish kabi ma’nolarni ifodalaydi (masalan, spektroskopiya, endoskopiya).

SKLERO…

SKLERO… (Yunoncha sklero — qattiq, berch) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; qotish, qattiqlashish, zichlashish kabi ma’nolarni bildiradi (masalan, sklerodermiya, sklerometr).