SIMPSON CHO’LI

SIMPSON CHO’LI Avstraliyaning Markaziy qismidagi cho’l. Maydoni 3000 kilometr kvadrat. Eng baland joyi 30 metr. O’rtacha temperatura yanvarda 30°, iyulda 12-5°. Yillik yog’in 130 millimetrgacha. Yer osti suvlariga boy. Kserofit … Read More

SINAGOGA

SINAGOGA (Yunoncha synagoge — yig’ilish) — iudaizm ibodatxonasi va yahudiylar jamoasi. Sinagogalar Falastinda miloddan avvalgi 4-asrda vujudga kelgan. Sinagogada tavrotni o’qib sharhlashadi. Sinagogalarda, odatda, diniy maktablar ochiladi. O’zbekistonda hozirgi 7 … Read More

SINDESMOLOGIYA

SINDESMOLOGIYA (Yunoncha Syndesmos boylam va …logiya) — suyaklarning o’zaro birikuvi, bo’g’im va boylamlar xaqidagi fan, anatomiyanpng bir bo’limi. Umumiy Sindesmologiya suyak birikmalarining xillarini, xususiy Sindesmologiya har bir bo’g’imning o’ziga xos … Read More

SINDLAR

SINDLAR — Taman yarim oroli va qora dengizning shimoliy Sharqiy sohilida yashagan meot qabilasi (miloddan avvalgi 1-ming yillik). Miloddan avvalgi 5-4-asrlarda Sindika davlatini tuzishgan. Miloddan avvalgi 4-asrdan Bospor podsholigi tarkibida. … Read More

SIMPLON

SIMPLON — Shveytsariyadagi tog dovoni, Pennin tog’lari bilan Lepontin Alp tog’lari tutashgan joyda. Balandligi 2005 metr. Bern — Milan avtomobil yo’li o’tgan. Simplon yaqinida 700 metr balandlikda temir yo’l tonneli … Read More

SIMPATIK NERV SISTEMASI

SIMPATIK NERV SISTEMASI (Yunoncha sympathia — sezuvchan, ta’sirga beriluvchan) — odam va umurtqali hayvonlar vegetativ nerv sistemasining bir kismi. Parasimpatik nerv sistemasi bilan birga ichki a’zolar faoliyatini boshqaradi.

SIMOB USTUNI MILLIMETRI

SIMOB USTUNI MILLIMETRI — bosimning tizimga kirmagan birligi; qisqacha mm simob ustuni bilan belgilanadi. 1 mm simob ustuni = 133,322 Pa = 1,35951YU3 kgk/sm2=13,5951 mm suv ustuni.

SIMDO’ZI

SIMDO’ZI — zardo’zlikda tikish usuli. Badiiy buyumlarning kashta gullari oq yoki zarhallangan kumush ipda qoplab tikiladi.

SILLOGISTIKA

SILLOGISTIKA — an’anaviy formal mantiqning bo’limi. Deduktiv xulosa chiqarish qoidalarini o’rganadi. Sillogizmnyang mantiqiy nazariyasi sifatida birinchi marta Aristotel ta’riflab bergan. Zamonaviy matematik mantiqda Sillogistika alohida bo’lim sifatida ajratilmaydi.

SILISIYLASH

SILISIYLASH — po’lat va boshqa metall detallar yuzasini kremniy (Si) bilan to’yintirish. Qiyin eriydigan metallar (W, mo, ta, Ti va boshqalar) ni oksidlanishdan saklash va kislotalar ta’siriga chidamliligini oshirishda qo’llaniladi.