Sitoliz
Sitoliz, hujayraning parchalanishi — gidrolitik fermentlar ta’sirida hujayra tuzilishining to’liq yoki qisman buzilishi, parchalanishi.
Sitoliz, hujayraning parchalanishi — gidrolitik fermentlar ta’sirida hujayra tuzilishining to’liq yoki qisman buzilishi, parchalanishi.
Sitokininlar — hujayra bo’linishini boshqaruvchi o’simlik gormoni; adenin hosilasi. O’simlik ildizlarida hosil bo’lib, uning уеr ustki qismlariga ksilema orqali ko’tariladi.
Sitoekologiya, hujayra ekologiyasi — sitologiyaning hujayralarni atrof-muhit sharoitlariga moslashuvi qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’limi.
Sistematika, tartiblash – biologiyaning barcha mavjud уа qirilib bitgan organizmlarni aniqlash, nomlash, shuningdek, ma’lum bir tartibda turli darajadagi guruhlarga joylash, ya’ni tasniflash, ularni tavsiflash, ro’yxatga olish bilan shug’ullanuvchi bir bo’limi.
Sistola — yurak mushaklari (miokard) ning qisqarishi natijasida yurak bo’shliqlari (qorincha, bo’lma)ning siqilishi. Bunda yurakdagi qon hajmi kamayadi.
Sistein — ko’pchilik tabiiy oqsillar tarkibida uchraydigan oltingugurt tutuvchi aminokislota. Organizmni har xil zaharli moddalardan saqlashda katta ahamiyatga ega.
Sista, tinimdagi sporalar — ko’pchilik eng sodda organizmlarning yashash shakli. Vaqtincha qalin qobiq bilan о’rаlib, noqulay sharoitdan оmоn qoladi. Parazit turlar sista shaklida tashqi muhit orqali boshqa хо’jayinga o’tadi.
Sirkalar — bit tuxumchalari.
Sezish, tuyg’u — tashqi muhit ta’sirini bosim yoki tegish yo’li bilan organizmning yuza qismlarida joylashgan retseptorlar yordamida sezish.
Seroz parda — epitelial qatlam bilan o’ralg’ini biriktiruvchi to’qimali parda. Odam va hayvon tanasi bo’shliqlarini о’гаb turadi. Joylashgan o’rniga qarab qorin pardasi, o’pka pardasi, perikard, epikard deb nomlanadi.