Seroz bezlar
Seroz bezlar, zardob bezlari — tiniq, qon zardobiga o’xshash suvli sekret ishlab chiqaruvchi bezlar.
Seroz bezlar, zardob bezlari — tiniq, qon zardobiga o’xshash suvli sekret ishlab chiqaruvchi bezlar.
Serotoksin — qon zardobi zahari.
Serologiya — qon zardobi xususiyatlarini, begona tanachalar bilan zidditanachalarning o’zaro ta’sirini o’rganuvchi fan. Odam va hayvon organizmlarining yuqumli kasalliklarini aniqlashda qo’llanadi.
Serobakteriyalar – Oltingugurt bakteriyalari, tiobakteriyalar — vodorod sulfidi va boshqa oltingugurtli birikmalarni oskidlab, o’zi uchun zarur energiyani oluvchi bakteriyalar. Таbiatda oltingugurt almashinuvida muhim ahamiyatga ega.
Seritsin, ipak yelimi — ipak quгtining maxsus bezlarida ishlab chiqiladigan oqsil. Хоm ipakning 30% ga yaqini seritsindan iborat.
Serebral suyuqlik — Bosh vа orqa miya suyuqligi — bosh miya bo’shliqlari va orqa miyaning markaziy bo’shlig’ini to’ldirib tuгuvchi rangsiz suyuqlik.
Serin — proteinogen aminokislota. Barcha oqsillar tarkibida uchraydi. Ayniqsa, u ipak oqsili (fibroin)da ko’p.
Serebr … — bosh miyaga taalluqlilikni bildiruvchi qo’shma so’z bo’lagi.
Septalar, to’siqlar, pardalar — o’simlik va hayvon organizmlaridagi bo’shliqlar yoki hujayra massalarini ajratib turuvchi ko’ndalang pardalar.
Sepsis, chirish, zaharlanish — odam va hayvon organizmining итиmiy yuqumli kasalligi; yiring boylagan joylardagi mikroorganizmlar yoki ularning toksinlari tomonidan qonning zaharlanishi.