SIYOSIY AKSIYA
SIYOSIY AKSIYA — siyosiy maqsadga erishishga yo’naltirilgan harakat (masalan, miting, namoyish).
SIYOSIY AKSIYA — siyosiy maqsadga erishishga yo’naltirilgan harakat (masalan, miting, namoyish).
SIYOSATNING MAZMUNI — uning maqsadlari va qadriyatlarida, hal qilayotgan muammolarida, siyosiy qarorlarni qabul qilish motivlari va mexanizmlarida namoyon bo’ladi.
SIYOSATNING SHAKLI — uning tuzilishiga ko’ra tarkibi, unga turg’unlik, barqarorlik va odatlar siyosiy xulq-atvorini tartibga solish imkonini beruvchi institutlar (shu jumladan, huquqiy va tashkiliy me‘yorlar tizimi)dir.
SIYENTIZM — ijtimoiy fanlarni uslublari, jamiyatdagi vazifalariga ko’ra tabiiy fanlar bilan yaqinlashtirishni maqsad qilib qo’ygan yo’nalish.
SEPARAT SHARTNOMA — dushman bilan unga qarshi kaolitsiyadagi o’z ittifoqchilaridan alohida tuziluvchi shartnoma.
SINTEZ (gr. birlashish, uyg’unlik) — predmetni bir butunlikda, qismlarining o’zaro aloqadorligi va yaxlitligida o’rganish usuli, tahlil bilan bog’liq.
SINDROM (yun. syndrome — qo’shilish) — kasallikning muayyan alomatlari; to’planish, narsalarning birlashuvi.
SIKL (yun. kyklos – doira) — muayyan tizimni tashkil etuvchi va o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan hodisalar, ishlar, jarayonlar yig’indisi yoki rivojlanishning tugallangan doirasi.