Slanetslar
Slanetslar — tarkibi turlicha bo`lgan qat-qat yoki kitob varaqlari kabi yupqa plastinkalardan iborat cho`kindi yoki metamorfik tog` jinslari.
Slanetslar — tarkibi turlicha bo`lgan qat-qat yoki kitob varaqlari kabi yupqa plastinkalardan iborat cho`kindi yoki metamorfik tog` jinslari.
Soztuproq — zarrachalari juda mayda to`g` jinslari (gil), berch — yopishqoq tuproq.
Sirokko (arabcha sharq so`zidan) — Sayroi Kabirdan O`rta dengiz havzasi, jumladan Apennin yarim oroliga tomon esadigan issiq va quruq qattiq shamol. Sirokko o`simliklarga zarar yetkazadi, ba’zan quritib qo`yadi.
Sintetik mahsulotlar — murakkab kimyoviy reaksiyalar yo`li bilan olinadigan sun’iy mahsulotlar. Hozirgi vaqtda xilma-xil bo`yoqlar, dori-darmonlar, zaharli moddalar, suyuq yoqilg`i, sun’iy kauchuk tola va boshqa sintetik mahsulotlar olinmoqda.
Sinklinal (yunoncha sinklino — egilaman) — qabariq tomoni pastga qaragan tog` jinslari qatlamlari. Sinklinal antiklinal bilan yonmayon uchraydi. Sinklinal– qavariq tomoni pastga qaragan tog` jinslari qatlamlari burmasi.
Sinekliza (yunoncha sin — birgalikda, yenklisis — egilish) — yer po`stining platformadagi sal bukilgan katta (diametri bir necha yuz km keladigan) qismi (Masalan, Rossiya platformasidagi Moskva sinklizasi).
Singma suv — yer yuzasidan chuqurga singib ketadigan suv. Yer po`stidagi yer osti suvlari harakat yo`nalishiga qarab ikkiga bo`linadi: mantiyadan ajrab chiqadigan va yuqoriga yo`nalgan yuvenil suv hamda pastga sinib … Read More
Silikat sanoati – olovbardosh, chinni — fayans va keramik buyumlar (g`isht, cherepitsa; vodoprovod va kanalizatsiya trubalari, sopol idishlar), sement, ohak oyna shisha ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari.
Siljish — tog` jinslarining tektonik yoriq bo`ylab, bir-biriga nisbatan gorizontal siljishi.
Stalaktitlar (yunoncha stalaktos — tomchilab tushib qotgan) – g`orlarning shipi va devorlarining yuqori qismlarida sumalak naycha, popuk shakllarida osilib turgan mineral hosilalar. Kalsiy va karbonat angidridga to`yingan suvning g`op tepasidan … Read More