Sedimentatsiya
Sedimentatsiya (lotincha sedimentum – o`tirib qolish) – tog` jinslari zarralarining o`tirib qolishi. Cho`kindi jinslar paydo bo`lishining dastlabki bosqichi.
Sedimentatsiya (lotincha sedimentum – o`tirib qolish) – tog` jinslari zarralarining o`tirib qolishi. Cho`kindi jinslar paydo bo`lishining dastlabki bosqichi.
Seddlar- Nil daryosining o`rta oqimida, Sudan soyligidan oqib o`tadigan qismida pastak qirg`oqlar hamda sayoz o`zanlarni qoplab yotadigan qamish va papirus to`qaylari.
Sarg`on yer — qamish sarg`ayib qurib qoladigan yer.
Subtropik iqlim — mo`tadil iqlim bilan tropik iqlim orasidagi iqlim, qishi iliq, yozi issiq; eng sovuq oyning o`rtacha harorati 0° dan yuqori. Subtropik iqlimli hududlar 30°-40° sh.k. bilan 30°-35° j.k. … Read More
Suburbanizatsiya (inglizcha suburb — shahar yoni) — shaharlarning shahar atroflari hisobiga o`sishi. Shahar atrofida qurilgan uy-joylar va sanoat korxonalari hisobiga shahar kengayib, tobora katta hududni qamrab oladi.
Siljiq — tog` jinslarining tektonik yoriqlar bo`ylab gorizontal siljigan palaxsasi. Katta siljiqlar yuzlab, hatto minglab km ga chuziladi, uzoq davr mobaynida ro`y beradi.
Sarin shamol -salqin shamol.
Sari chashma — buloq ko`zi, buloqning suv chiqadigan joyi.
Sarisuv– tog`oldi lyoss va gildan iborat qiya tekisliklardan oquvchi loysa suv. Ba’zi joylarda daryo nomiga aylanib ketgan. Masalan, Markaziy Qozog`istondagi Sarisuv daryosi.