SOTILGAN MAHSULOTLAR
SOTILGAN MAHSULOTLAR — l) korxona tomonidan ishlab chiqarilgandan so’ng sotilgan, pullangan mahsulot; 2) ta’minot yoki savdo tashkiloti, iste’molchi to’lagan tovar mahsulotining pul ko’rinishidagi ko’rsatkichi.
SOTILGAN MAHSULOTLAR — l) korxona tomonidan ishlab chiqarilgandan so’ng sotilgan, pullangan mahsulot; 2) ta’minot yoki savdo tashkiloti, iste’molchi to’lagan tovar mahsulotining pul ko’rinishidagi ko’rsatkichi.
SOTIB OLISH SOLIG’I — davlat daromadlarini ko’paytirish yoki ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishni cheklab qo’yish maqsadida mamlakatda ishlab chi qarilay otgan ayrim mahsulotlardan olinadigan soliq. Odatda eksportga mo’ljallangan mahsulotlardan olinmaydi.
SOTIB OLUVCHI NARXI — bu narx sotib oluvchi tomonidan to’lanadi, ammo QQS yoki ana shunga o’xshash soliqlar bundan istisnodir. Sotib oluvchi narxi barcha transport xarajatlarini o’z ichiga oladi. Sotib oluvchi … Read More
SOLON (taxm. m.a. 640/635-559) — Yunoniston siyosiy arbobi, islohotlar o’tkazgan. Qullarni qarzga berishni man etgan (chet elliklar bundan mustasno).
SOLIQQA TORTISHNING TENGLIGI — soliq to’lovchilar soliqlarni o’z imkoniyatlariga, ya’ni ularning davlat yordamida olingan daromadlariga bog’liq holda to’lashi lozim. Boshqacha qilib aytganda, imkoniyatlardan kelib chiqib soliq to’lashi kerak.
SOLIQQA TORTISHNING MAQBULLIGI — to’lovchining muddatlari, turi va summalari har bir kishiga, ya’ni ham soliq to’lovchilarga, ham soliq oluvchilarga tushunarli bo’lishi kerak.
SOLIQQA TORTISH TIZIMI — qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig’indisiga aytiladi.
STAJIROVKA- (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba orttirish) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim o’quv reja va dasturlarini o’zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida ta’limning fan va ishlab chiqarish … Read More
STAGFLYATSIYA — (lot. stagno — “harakatni so’ndiraman” va inflatio- «shishmoq”, “puflangan”) iqtisodiy tanglik bilan inflyatsiyaning birgalikda yuz berishidir. U ishlab chiqarishning turg’unlashtirilishi yoki pasayishi (stagnatsiya), o’sib boruvchi ishsizlik va inflyatsiya … Read More