SMETA
SMETA — qurilish, montaj ishlari, asbob uskunalar sotib olish uchun ketgan mehnat, material va pul xarajatlari miqdori belgilangan hujjatlar yig’indisi; moliya rejasining bir turi, bunda asosan xarajatlar aks ettiriladi.
SMETA — qurilish, montaj ishlari, asbob uskunalar sotib olish uchun ketgan mehnat, material va pul xarajatlari miqdori belgilangan hujjatlar yig’indisi; moliya rejasining bir turi, bunda asosan xarajatlar aks ettiriladi.
SMENALILIK KOEFFITSIENTI — uskunalaming vaqt bo’yicha ish bilan ta’minlash darajasi ko’rsatkichi; sutka davomida ishlab berilgan mashina — smenalarning o’rnatilgan barcha smenalar soniga nisbati orqali aniqlanadi.
SKONTO — to’lov muddatidan oldin tovar uchun haq to’langan taqdirda tovar qiymatidan chiqariladigan chegirma.
SEPTILLION — birning yonidagi nollar soni 24 ta bo’lgan son.
SIVILIZATSIYA — jamiyatning o’z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarining, ularni yanada ko’paytirib hamda takomillashtirib berish usullarining majmuyi.
SIRPANUVCHAN O’RTACHA — trend yo’nalishi daraklarini turlicha ko’rsatadigan oynaning katta kichikligiga qarab sirpanuvchan o’rtachalar.
SIRG’ANMA NARX — ayrim yangi tovarlarga belgilangan nisbatan yuqori narx; bozorning to’yinishi bilan pasayib boradi.
SIRG’ALUVCHI O’RTACHA — qator darajalarini birin-ketin ma’lum tartibda surish yo’li bilan hisoblangan o’rtacha darajadir.
SINXRO MARKETING — ishlab chiqarishni talabning tebranishiga moslashtirish.
SINTETIK SCHYOTLAR — mablag’lar va xo’jalik jarayonlarining umumlashgan hisobi pul ko’rsatkichlarida yuritiladigan schyotlar.