Suv almashinuv
Suv almashinuv – 1) tirik organizm va uni o’rab turgan atrof-muhit o’rtasidagi suv tarkibini tartibga solish jarayoni; 2) ikki yonma-yon suv ob’yekti o’rtasida suv massalarining almashinuvi.
Suv almashinuv – 1) tirik organizm va uni o’rab turgan atrof-muhit o’rtasidagi suv tarkibini tartibga solish jarayoni; 2) ikki yonma-yon suv ob’yekti o’rtasida suv massalarining almashinuvi.
Suv aylanishi – reaktsion gazlarni sovutish va qayta ishlangan mahsulotni turli aralashmalardan yuvish jarayonida suvdan turli xil maqsadda foydalaniladi. Bir qator hollarda ichki texnologik suv aylanishi ifloslangan chiqindi suvlardan issiqlikni … Read More
Suv ajralish – beton tarkibiy qismlar, asosan, yirik to’ldirgichlarning tortishish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda beton aralashmasi yoki beton ichidagi suvning autogen ajralishi.
Suburbanlashish – katta shaharlarning shahar atrofi tez taraqqiy etishi, markazda joylashtirish sig’imining tugashi natijasida to’planish nuqtasining markazdan yaqin nuqtaga siljishi.
Subpudrat tashkiloti – bosh pudratchi tomonidan, shartnoma asosida, ob’yektda alohida qurilish montaj va maxsus qurilish ishlarini olib borish uchun jalb etiladigan ixtisoslashgan pudrat tashkiloti.
Strukturasi pog’onasi o’zgaradigan yog’och tolali (yog’och qipiqli) plita – tolalari o’lchamlari kichik holatdan katta holatgacha va sirtqi tomondan o’rta tomonga qarab asta-sekinlik bilan o’zgaradigan yog’och tolali plita.
Stropila to’sini – oraliqlari katta bo’lmagan, o’rtacha bo’lgan binolarda nishabli va yassi tom qoplamalari uchun temir-beton yoki yog’och to’sin.
Stropila tayanch brusi – nishabli tomlar stropilalari yuqori qismi uchun tayanch sifatida xizmat qiluvchi brus.
Stropila osti to’sini – bo’ylama qatordagi ustunlarga tayanadigan va stropilali fermalar hamda to’sinlar uchun tayanch sifatida xizmat qiluvchi to’sin.