Sinf
Sinf – umumiy xususiyatga ega ob’yektlar yoki hodisalar guruhi.
Sinf – umumiy xususiyatga ega ob’yektlar yoki hodisalar guruhi.
Sinov (sinash) – ob’yekt sifatlarini baholash uchun uni tekshirish. Masalan: betonni cho’kishga sinash, ishlab chiqarish sharoitida sinash, gruntni sinash, yo’l qoplamasini sinash va hokazolar.
Sinmaydigan – tushganda yoki urilganda sinmaydi (idishlar, stakan va hokazolar haqida).
Sinish (sindirish) – ikki muhit orasidagi chegarada elektromagnit nurlanish to’lqinlari (nurlarining) tarqalish yo’nalishining o’zgarishi. Masalan: nurning sinishi, yorug’likning sinishi.
Siniqlar (parchalar) – biror narsaning singan qismi; buzilgan narsaning qoldig’i.
Siniq (darz, yoriq) – mineral sinishi natijasida hosil bo’lgan sirt ko’rinishini tavsiflovchi mineral xarakteristikasi.
Sinib ketmoq (sinmoq) – sindirish, biror narsadan, asosan, atrofida, qirralari bo’ylab ajratish.
Siniq (sindirish, ushatib olish, singan joy ma’nosida) – butun narsadan ajratilgan bo’lak, parcha; ajratish chizig’i. Masalan: yer osti sinig’i, qoyatosh sinig’i, botiq siniq, qabariq sinish va hokazolar.
Sindirmoq (bo’lmoq, maydalamoq) – bir necha joyidan sindirish, qismlarga, bo’laklarga bo’lish.
Signal klapani – purkagich yoki yong’indan xabar bergich ishga tushganda buyruq impulsini berish va yong’in o’chirish vositasini ishga tushirish uchun mo’ljallangan yopiq ochish-yopish qurilmasi.