Soylik (pastlik, jarlik)
Soylik (pastlik, jarlik) – chiziqli cho’zilgan, ochiq, sayoz relyefli depressiya.
Soylik (pastlik, jarlik) – chiziqli cho’zilgan, ochiq, sayoz relyefli depressiya.
Sozlovchi – qurilmalar, avtomatik liniyalar, komplekslar va kompleks uskunalar tizimlarini foydalanishga tayyorlovchi mutaxassis.
Sozlash (rejalash, o’rnatish ma’nosida) – biror narsaning to’g’ri joyda bo’lishiga yordam berish; o’rnatish. Masalan: poydevor o’rnatish.
Sozlash (rostlash, moslash ma’nosida) – o’lchash yoki optik asboblar, mexanizmlar, ularning qismlarini ish holatiga keltirish, tekislash (rostlash). Masalan: mexanizmni sozlash, nivelirni sozlash, agregatni sozlash va hokazolar.
Sozlamoq – tuzatib, tartibga solib, foydalanishga yaroqli holga keltirish.
Soz tuproq – cho’kindi jins, qatlamsiz, qumli, och sarg’ish yoki qo’ng’ir rangga ega, asosan loyli donalardan tashkil topgan. Qoplama shaklida bir necha metrdan 50-100 metrgacha suv havzalari, yon bag’irliklar va … Read More
Sovutish minorasi – aylanma suv ta’minoti tizimida qayta ishlov berilgan aylanma suvni sovutish uchun mo’ljallangan minora bo’lib, u asbest-tsement (alyuminiyli) panellar bilan qoplangan temirbeton yoki metall karkasdan tashkil topadi.
Sofit – shipga yopishtirilgan pardoz ashyosi.
Sorbtsiya – gazning yutilishi. Atrof-muhitdan turli moddalarning qattiq yoki suyuqlik tomonidan so’rilishi. Muhitda so’rilgan modda sorbat, yutuvchi qattiq yoki suyuqlik sorbent deb ataladi.