Sarparda (saroparda)
Sarparda (saroparda) – ulkan o’tov, chodir. Pardalardan yasalgan yozlik muvaqqat saroy, shohona bezakli ko’chma saroy.
Sarparda (saroparda) – ulkan o’tov, chodir. Pardalardan yasalgan yozlik muvaqqat saroy, shohona bezakli ko’chma saroy.
Saroy (koshona) – 1) hashamatli ulkan bino; 2) xon, podsho amirlar qarorgohi, qasr. Dastlab hukmdorlarning qarorgohi tarzda, keyinchalik saroy ahli yashaydigan joy sifatida qurilib, turli maqsadlarga xizmat qiladigan ko’plab xonalar, … Read More
Sarobo’ston (bo’stonsaro) – saroy atrofidagi obod bog’. Samarqand qal’asidagi (Ko’ksaroy atrofida) ajoyib bog’ Bo’stonsaro nomi bilan ma’lum.
Saqlash (kelishuv nuqtai nazaridan) – saqlashga topshirilgan narsani saqlash, keyinchalik egasiga qaytarish majburiyatini nazarda tutadigan kelishuv, jarayon. Masalan: namunani saqlash, qisqa muddatli saqlash va hokazolar.
Saqlagich – elektr tokidagi maksimal ruxsat etilgan oqim oshib ketganda (qisqa tutashuv) elektr zanjirini avtomatik ravishda uzib qo’yadigan qurilma. Masalan: eruvchan saqlagich.
Saqlab turish kamerasi – signalizatsiya klapanining biroz ochilishi tufayli suv ta’minoti manbai bosimining keskin o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan noto’g’ri signallar ehtimolini minimallashtirish uchun mo’ljallangan, bosim signalizatori liniyasiga o’rnatilgan qurilma.
Saqlab turish (saqlab turmoq) – biror-bir muhit, sharoit, holat yoki asl ko’rinishni saqlash jarayoni. Masalan: suvda saqlab turish, betonni havoda saqlash, ikki kun saqlash, doimiylikni saqlab turmoq, haroratni saqlab turmoq … Read More
Sayhon – ochiq keng joy, maydon.
Sayqallash (sayqal berish, sayqallamoq, jilolamoq) – bu metall va metall bo’lmagan sirtlarni qayta ishlashni tugatish operatsiyasi. Jilolashning mohiyati ishlov beriladigan materialning eng ingichka qatlamlarini mexanik, kimyoviy, elektrolitik yoki iyun nurlanish … Read More
Sayqalchi – sayqal beruvchi, jilolovchi usta.