Surgilar nima degani
Surgilar nima degani – ichni me’yorga nisbatan tez va suyuq suradigan, qabziyatda ich yurishini ravonlashtiradigan dori moddalar.

Surgilar nima degani – ichni me’yorga nisbatan tez va suyuq suradigan, qabziyatda ich yurishini ravonlashtiradigan dori moddalar.
Starcheskaya duga, qarilik ravog’i nima degani – qari kishilarining ko’z muguz pardasi chetidagi ravoqqa o’xshash ingichka xiralashgan chiziq.
Sfigmometriya, pulsni o’lchash nima degani – tomir urishini o’lchash.
Sferofakiya s mikrofakiyey nima degani – oilaviy-irsiy rivojlanish nuqsoni: sharsimon va kichraygan ko’z gavhari.
Sustavnaya poverxnost, bo’g’im yuzasi nima degani – bo’g’im hosil bo’lishida qatnashadigan bo’g’im, tog’ayi bilan qoplangan suyak yuzasi.
Sustavnaya golovka, bo’g’im boshchasi nima degani – suyakning bo’rtgan bo’g’im yuzasiga ega qismi.
Sustav, bo’g’im nima degani – qo’shilma, diartroz – suyaklarning harakatchan qo’shilishi, bunda qo’shiluvchi yuzalar orasida yoriq bo’ladi.
Supressiya menzium nima degani – boshlangan hayzning ushlanib qolishi yoki butunlay to’xtashi.
Suppuratsiya, yiringlash, fasod oqishi nima degani – yiring hosil bo’lishi yoki chiqishi.
Suppozitoriy, shamcha nima degani – konus yoki silindirsimon formadagi qattiq dori shakli; orqa chiqaruv yo’liga kiritiladi.