SHIVAIZM

SHIVAIZM — hinduiylikdagi 2 asosiy oqimdan biri (vishnuizm bilan bir qatorda). Asosan, Hindistonning Janubiy va sharqida tarqalgan. Shivaizm tarafdorlari Shivani eng qudratli Xudo deb, unga e’tiqod qiladilar.

Batafsil o‘qish

SHIBOG’U

SHIBOG’U, Sibog’u turk-mo’g’ul qabilalarida to’lov turi. Xon, Sultonlar va o’g’lonlar bir joydan ikkinchi bir joyga ko’chib, ovullardan o’tayotganlarida ularga aholidan to’plab beriladigan oziqovqat to’lovi. Bu, ko’pincha, pishirilgan go’shtdan iborat bo’lgan.

Batafsil o‘qish

SHIVA

SHIVA — hinduiylikdagi uch oliy Xudo — Trimurtining biri; shivaizm tarafdorlari koinotda hamma mavjudotni yo’q qilib, qayta yaratuvchi Shivadan bo’lak doimiy hech narsa yo’q, deb tushunadilar. Shiva samoviy kuchquvvatni o’zida … Batafsil

Batafsil o‘qish

SHIBIRMA

SHIBIRMA — isirg’a turi; 20-asr o’rtalarida yaratilgan. Zargarlar Shibirmada shabaka usulini qo’llab chiroyli shakl yechimiga erishgan. Barg (yurak) shaklidagi halqa ichi (markazi)ga dumaloq yoki oval shakli simli panjara ishlanib, durlar … Batafsil

Batafsil o‘qish

SHESTERNYA

SHESTERNYA — tishli g’ildiraklar juftidagi g’ildiraklarning kichigi. Asosan, yetakchi g’ildirak vazifasini o’taydi. Agar ikkala tishli g’ildirakning o’lchamlari deyarli bir xil bo’lsa, ikkalasi ham Shesternya deb yuritiladi.

Batafsil o‘qish

SHELF

SHELF (inglizcha kpei) — dengiz ostida qolgan qit’a atrofi (eng global masshtabda 1500 kilometr gacha, o’rtacha 78 kilometr) yoki normal platformaga qaraganda sezilarli harakatchan paleostruktura.

Batafsil o‘qish

SHELL MADANIYATI

SHELL MADANIYATI (arxeologiyada) — Yevrosiyo va Afrikada ilk Paleolit davrida tarqalgan madaniyat. Parij yaqinidagi Shel (Shell) nomidan olingan. 19-asrning 60-yillarida frantsuz arxeologi G.Mortile o’rgangan. Shell madaniyati uchun toshdan yasalgan qo’l … Batafsil

Batafsil o‘qish

SHEVIOT

SHEVIOT (inglizcha speuyu!) — jun tolalari yoki aralash tolalar (jun, paxta, viskoza tolasi va boshqalar) dan to’qiladigan mayin, qalin, sal tukli gazlama. Sarjali o’rilishda to’qilgani uchun o’ngida mayda diagonal yo’llar … Batafsil

Batafsil o‘qish