TOSHXO’JAYEV O’KTAM

TOSHXO’JAYEV O’KTAM (1951.18.9, Toshkent shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1973). 1980 yildan Mirobod tumanidagi 125-maktabda frantsuz tili o’qituvchisi. Darsni qiziqarli muzokara, bahssuhbatlar, … Batafsil

Batafsil o‘qish

TOSH METEORITLAR

TOSH METEORITLAR – tarkibi bo’yicha er tog’jinslariga yaqin, temir, kremniy va magniy oksidlariga boy bo’lgan meteorit. Tosh meteoritlarning 85% ga yaqini xondralar (o’lchami 1 millimetrgacha bo’lgan sferasimon jismlar)dan tashkil topgan … Batafsil

Batafsil o‘qish

TOPIKA

TOPIKA — AQShning Markaziy kismidagi shahar. Kanzas daryosi bo’yida. Kanzas shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 122,3 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Poligrafiya, oziqovqat, mashinasozlik sanoati korxonalari, universitet bor.

Batafsil o‘qish

TONGA, TONKA, BATONGA

TONGA, TONKA, BATONGA — Zambiya va Zimbabvedagi bantu guruhiga mansub xalq. 1,65 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Dindorlarining aksariyati an’anaviy e’tiqodlarga sig’inadi. Xristianlar, sunniy musulmonlar ham bor. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, … Batafsil

Batafsil o‘qish

TOMOQ

TOMOQ — og’iz bo’shlig’ini halqum bilan bog’laydigan teshik. Yuqoridan yumshoq tanglay bilan, pastdan — til orqasi va yon tomonlaridan — tanglay yoychalari orasida joylashgan murtak bezlari bilan chegaralanadi.

Batafsil o‘qish

TOMIR

TOMIR (anatomiyada) — 1) odam va hayvonlarda qon (qon tomiri) va limfa (limfa tomiri) harakatlanadigan kovak naycha. O’simliklarda — ksilemaning uzun kovak naycha shaklidagi o’tkazuvchi elementi.

Batafsil o‘qish