TESKARI TRIGONOMETRIK FUNKTSIYALAR
TESKARI TRIGONOMETRIK FUNKTSIYALAR — arcsinx, arccosx, arctgx, arcctgx, arcseox, arccosex x funktsiyalar. Teskari trigonometrik funktsiyalarning xossalari maktab matematika kursida o’rganiladi.
TESKARI TRIGONOMETRIK FUNKTSIYALAR — arcsinx, arccosx, arctgx, arcctgx, arcseox, arccosex x funktsiyalar. Teskari trigonometrik funktsiyalarning xossalari maktab matematika kursida o’rganiladi.
TESKARI SON — berilgan son bilan ko’paytmasi 1 ga teng son. Masalan, 2 ga teskari son 4; 4 ga teskari son t; -4 ga teskari son 4 va hokazolar.
TESKARI PROPORTSIONAL MIQDORLAR — ikki miqdor orasidagi eng sodda bog’lanishlardan biri. Bunda bir mikdor necha marta ortsa (kamaysa), ikkinchi miqdor shuncha kamayadi (ortadi).
TERSIYA (matbaada) bosmaxona shrifti. O’lchami (kegli) 16 punkt (6,02 millimetr) ga teng. Kitoblar, jurnallar, gazetalarda sarlavhalarni, muqovalar va titul varaqlarda nashr nomini terish uchun ishlatiladi.
TERS AYVON — uyning soya (shimol) tomoniga, quyoshga teskari qurilgan ayvon. Asosan, Xorazm xalq turar joy me’morligida keng tarqalgan.
TERRIGEN YOTQIZIQLAR (lotincha terra — yer, …gen) — quruqlikdagi chaqiq jinslar va mineral donachalarining dengiz, Laguna va ko’l tublariga shamol, daryo va boshqa vositalar orqali keltirilib, to’planishidan hosil bo’lgan qatlam.
TERMOFIL O’SIMLIKLAR (termo… va Yunoncha phileo — sevaman) — issiqsevar, past harorat (Q1 ° -6°)da o’sa olmaydigan o’simliklar. Termofil o’simliklarga issiq mamlakatlarda tarqalgan sholi, bodring, g’o’za va boshqalar kiradi.