To’fon
To’fon-kuchli suv toshqini paytida tug’ilgan bola
To’fon-kuchli suv toshqini paytida tug’ilgan bola
To’tiniso-ayollarning shirin, biyron tillisi; notiqa
To’tiyo-to’tiyodek nodir, noyob qiz
To’tigul-shirinsuxan, biyron tilli va guldek chiroyli qiz yoki onasi yoxud onasining ismini olgan qiz
To’ti-shirinsuxan, notiqa bo’lib o’ssin; tili chiqib gapirib ketsin yoki onasining ismi berilgan qiz. Shakllari: To’tibuvi, To’tibu, To’tibibi, To’tijon, To’tioy, To’tixon
To’rg’ay-to’rg’aydek erkin, hur o’ssin yoki to’rg’ay urug’iga mansub bola. Shakllari: To’rg’aybek, To’rg’ayboy, To’rg’ayjon
To’rkin// To’rkinoy-to’rkindek (shoxi matoning turi) muloyim, go’zal, qimmatli qiz
To’raoy-baland martabali va oydek suluv qiz
To’rabo’l-sog’ ulg’ayib to’ralardek kelishgan, savodxon yigit bo’lsin
To’ra-aslzoda, xonzoda; ulug’ martabalar sohibi yoki kattaligi odam bo’yidek keladigan qalqondek mustahkam bola. To’ra so’zi o’tmishda Buxoro xonligida chig’atoy ayonlari va sayidlarning faxriy unvoni bo’lgan. Shakllari: To’raboy, To’rabek, To’rajon, To’raxon