Tuzsizlantirish
Tuzsizlantirish – umumiy tuz miqdorini distillangan suv uchun tavsiya etilgan qiymatlarga kamaytirish jarayoni. Qayta ishlash topshirishdan oldin neftdan tuzlar va suvni olib tashlash.
Tuzsizlantirish – umumiy tuz miqdorini distillangan suv uchun tavsiya etilgan qiymatlarga kamaytirish jarayoni. Qayta ishlash topshirishdan oldin neftdan tuzlar va suvni olib tashlash.
Tuzli eritma – 1) oziq-ovqat mahsulotlarini (sabzavot, baliq va boshqalar) tuzlash yoki namlash uchun sho’r suv (odatda ziravorlar qo’shilgan holda bilan); 2) muhandislikda ishlatiladigan tuzning suvli eritmasi.
Tuzilgan (tashkil qilingan, barpo qilingan, asoslangan) – 1) biror narsaga asoslangan; 2) biror narsaga manba, asos qilish.
Tuzatishga oid – tuzatmoq, shikastlangan, buzilgan narsani yana foydalanishga yaroqli holga keltirmoq.
Tuzatish (tuzatma, to’g’rilash, o’zgartirish) – biror narsani o’zgartiradigan qo’shimcha, tuzatish. Masalan: temir o’zakni to’g’rilash.
Tug’ro – harflardan yasalgan bezakli belgi, unvon, nishon.
Tugun biriktiruvchi – yog’och konstruksiyalarni mexanik bog’lanishlar bilan biriktiruvchi (birlashtiruvchi) element bu element tugun yuzasini kengaytirish va qirqilishga qarshi ishchi bog’lanishlar sonini ko’paytirish imkonini ta’minlovchi plastinalar ko’rinishida bajariladi.
Tugun (shoxobcha, joy) – biror narsaning uchi (arqon, iplar) bog’langan joy yoki arqon, ipga bog’langan halqa.
Tugun – qurilish konstruksiyalari, qurilish konstruksiyalari elementlari va ular tashkiliy qismlarining o’zaro birikkan, birlashgan, tutashgan joyi.