Tambur
Tambur – tashqaridan xona ichiga sovuq havo oqimining kirishiga to’sqinlik qiluvchi tashqi va ichki eshiklarga ega bo’lgan binoga kirish uchun mo’ljallangan o’tish joyi (xonasi).
Tambur – tashqaridan xona ichiga sovuq havo oqimining kirishiga to’sqinlik qiluvchi tashqi va ichki eshiklarga ega bo’lgan binoga kirish uchun mo’ljallangan o’tish joyi (xonasi).
Tamba – tirgak, eshikni berkitish uchun orqasidan tirab qo’yiladigan taxta, yog’och, tosh.
Talveg – daryo vodiysi, jar va boshqa eroziyaga uchragan relyef shakllari tubining eng quyi nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
Talak – boloxona, ikkinchi qavatdagi ayvon.
Taqsimlovchi o’rnatma – quvr o’tkazgichga o’rnatilgan va ma’lum bir magistral quvur o’tkazgichda gazsimon yong’in o’chirish moddasi o’tishini ta’minlaydigan, ochish-yopish o’rnatmasi.
Tamg’a – bino loyihasi, xom ashyosini tayyorlash jarayonida qo’yiladigan maxsus belgi. Qadimgi xom g’ishtlarda turli xil tamg’alar shakli saqlanib qolgan.
Tamuli – devor asosi, kursisi.
Tamponajli portlandtsement – portlandtsement klinkeri va gipsni qo’shimchalar bilan ularni qo’shmasdan maydalash yo’li bilan olinadigan gidravlik bog’lovchi modda. Qo’shimcha kiritilmagan tamponajli portlandtsement normal va mo’tadil (15 dan 100C gacha) harorat … Read More
Tamom (tammat) – “tamom bo’ldi, bitdi” degan ma’noni ifodalaydigan ibora. Binolar tarixiga oid yozuvlarda ko’p uchraydi. Bino, inshoot qurib bitkazilgan sanani ko’rsatganda qo’llaniladi.