Tavaqa (ko’tarma (yo’lka, yo’l yuzasi))
Tavaqa (ko’tarma (yo’lka, yo’l yuzasi)) – yo’l yuzasi, yo’l kiyimi, temir yo’lning yuqori tuzilishi. Masalan: eshik tavaqasi, qo’sh yo’lka, harakat yo’li, tuproq ko’tarma va hokazolar.
Tavaqa (ko’tarma (yo’lka, yo’l yuzasi)) – yo’l yuzasi, yo’l kiyimi, temir yo’lning yuqori tuzilishi. Masalan: eshik tavaqasi, qo’sh yo’lka, harakat yo’li, tuproq ko’tarma va hokazolar.
Tavrsimon to’sin – T ko’rinishli kesimga ega bo’lgan, egiluvchan konstruksiyalar uchun eng samarali shakl.
Tavsiyanoma – ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida joyilashtirish va qurilishni yanada mukammallashtirishga qaratilgan ma’lumotlar.
Tavr – “T” harfi ko’rinishidagi kesma bilan prokat metalldan tayyorlangan mahsulot. Masalan: “T” simon shakl, teng tomonli tavr, turlicha tomonli tavr.
Tablo – (fransuzcha: tableau-e’lonlar doskasi, rasm) ramziy va grafik ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo’ljallangan axborotni aks ettirish vositasi.
Tabiiy shag’al – yumshoq cho’kindi tog’ jinsi bo’lib, u tog’ jinslarining ko’p yoki kamroq miqdordagi bo’laklaridan va turli minerallardan (kam hollardagina) tashkil topadi. Kelib chiqishiga ko’ra shag’al tosh va qumlar … Read More
Tabiiy toshni qirib tayyorlanadigan plita – blaklar, toshlarni arralab qirqish yo’li bilan tayyorlanadigan plita bo’lib, u bino va inshootlarning tashqi hamda ichki qismini pardozlashga mo’ljallangan.
Tabiiy-rekreatsion qo’riqxona – qo’riqxona, uning asosiy maqsadi tartibga solinadigan dam olish, turizm, ekskursiya va boshqalarni tashkil etish uchun tabiiy muhitni saqlash.
Tabiiy oromgoh-qo’riqxona – tabiiy holatida saqlanib qolgan odatiy yoki noyob tabiiy majmua, xo’jalik faoliyatidan butunlay chetlashtirilgan hudud yoki akvatoriya uchastkasi. U tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan, … Read More
Tabiiy neft bitumi (tabiiy asfalt) – bitumli jinslar (kiraxlar), asfaltitlar va shu kabi jinslarni o’zida jamlagan bitum.