Tanakor
Tanakor – kavsharlashda erishni ravonlashtirish, tezlashtirish uchun ishlatiladigan modda.
Tanakor – kavsharlashda erishni ravonlashtirish, tezlashtirish uchun ishlatiladigan modda.
Tana – ustunning asosiy yuk ko’taruvchi qismi.
Tamg’uk – pona, mix, qoziq.
Tambur-shlyuz – olov, tutun, chang, gaz va boshqa zararli moddalarning bir xonadan boshqasiga o’tish imkonini bartaraf etuvchi hamda xonalarda havo muhitining berilgan parametrlarini ushlab turuvchi maxsus qurilmalar (moslamalar) bilan jihozlangan … Read More
Tambur – tashqaridan xona ichiga sovuq havo oqimining kirishiga to’sqinlik qiluvchi tashqi va ichki eshiklarga ega bo’lgan binoga kirish uchun mo’ljallangan o’tish joyi (xonasi).
Tamba – tirgak, eshikni berkitish uchun orqasidan tirab qo’yiladigan taxta, yog’och, tosh.
Talveg – daryo vodiysi, jar va boshqa eroziyaga uchragan relyef shakllari tubining eng quyi nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
Talak – boloxona, ikkinchi qavatdagi ayvon.
Taqsimlovchi o’rnatma – quvr o’tkazgichga o’rnatilgan va ma’lum bir magistral quvur o’tkazgichda gazsimon yong’in o’chirish moddasi o’tishini ta’minlaydigan, ochish-yopish o’rnatmasi.