Taxt
Taxt-saroyda tashkil etilgan rasmiy qabul marosimi va turli tantalarda hukmdor o’tiradigan maxsus joyga o’rnatilgan serhasham o’rindiq.
Batafsil o‘qish

Taxt-saroyda tashkil etilgan rasmiy qabul marosimi va turli tantalarda hukmdor o’tiradigan maxsus joyga o’rnatilgan serhasham o’rindiq.
Batafsil o‘qishTafsir-umumiy ma’noda biron narsani sharhlash, talqin qilish. Islom an’anasida Qur’oni Karim, hadisi sharif va boshqa diniy manbalarni talqin qilish tafsir deyiladi.
Batafsil o‘qishTasvir va tazhib ilmi-tasvir-suratga olish; tazhib – zarlash, oltin bilan qoplash ilmi.
Batafsil o‘qishTarxon-1. O’rta asrlarda turkiy xalqlardagi feodal nomi. 2. O’rta Osiyo xonliklarida feodallaning davlat soliqlaridan ozod qilingan yer-suv, mol-mulklari.
Batafsil o‘qishTariqat-so’fiylikka xos atama bo’lib, uch ma’noda ishlatilgan: 1) umuman so’fiylik yo’li; 2) so’fiylikning muayyan tarmog’i, yo’nalishi; 3) so’fiylik bosqichlaridan biri. Tariqatni so’fiylik yo’nalishlari, tarmoqlari ma’nosida qo’llash keng tarqalgan. Tariqatga qadam … Batafsil
Batafsil o‘qishTanho-O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan suyurg’olning bir ko’rinishi bo’lib, u faqat harbiylarga berilgan. Tanho ham suyurg’olga o’xshab pul, mol-mulk, yer-suv tariqasida berilgan.
Batafsil o‘qishTanob puli-O’rta Osiyo xonliklarida har bir tanob beda maydoni uchun yiliga 40 tanga miqdorda undirilgan soliq. Shuningdek, u bog’ solig’i deb ham yuritilgan.
Batafsil o‘qishTanobchi-O’rta Osiyo xonliklarida hosildan olinadigan soliqlar hajmini belgilovchi amaldor.
Batafsil o‘qishTanob-O’rta Osiyo xonliklarida ekin maydonini o’lchash uchun ishlatiladigan yuza birligi. 1 tanob 3600 metr kvadrat.
Batafsil o‘qishTanga-Buxoro amirligida pul muomilasidagi Buxoro kumush tangasi. XIX asrning 40-yillarida 1 tanga rus puliga assignatsiya bilan 68.33 tiyinga teng bo’lgan bo’lsa, XIX asrning 70-yillarida bir Buxoro kumush tangasi rus puliga … Batafsil
Batafsil o‘qish