TSIKL
TSIKL (Yunoncha kyklos — doyra) — 1) ma’lum vaqt ichida takrorlanib turadigan hodisa, jarayon va boshqalarning har bir davrasi (masalan, yillik Tsikl); 2) muayyan fanlar guruhi (masalan, tarixiy Tsikl); 3) … Read More
TSIANOKOBALAMIN, V12 vitami ni, kamqonlikka qarshi omil.
TSIANIN BO’YAGICHLAR — organik birikmalar, sintetik tsian bo’yagich (bo’yoq)larning bir turi. Fotografiyada qo’llanadigan emulsiyalarda optik sensibilizator sifatida qo’llanadi.
TSIANIDLAR — tsianid kislota (HCN) tuzlari. Umumiy formulasi MeCN (bu yerda Me — 1 valentli metall). Ko’pchilik oddiy Tsianidlar rangsiz. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning Tsianidlari suvda eriydi. Og’ir metallarning Tsianidlari … Read More
TSZYULUN, Koulun — Syangandagi shahar. Szyulun yarim orolining Janub qismida. Ma’muriy jihatdan Syangan shahar tarkibida. Undan tor bo’g’oz orqali ajralgan. Janubiy Xitoy dengizidagi port. Kemasozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoati korxonalari bor.
TSEYLON (Ceylon) Shri Lanka davlati va orolining 1972 yilgacha bo’lgan nomi.
TSAXURLAR — Dog’iston (5,2 ming kishi) va Ozarbayjon (13 ming kishi, 1990-y.lar o’rtalari) dagi xalq. Tsaxur tilida so’zlashadi. Dindorlari sunniy musulmonlar. Tsaxurlar chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanishadi.
TSANDER FRIDRIX ARTUROVICH (1887.11.78, Riga — 1933.28.3, Kislovodsk) — olim va ixtirochi, raketa texnikasi yaratuvchilaridan biri. Riga politexnika intini tugatgach (1914), Riga va Moskvadagi sanoat korxonalarida ishlagan (1920 yilgacha). Reaktiv … Read More