Uchma
Uchma– tog` yo`li, jar yoqasi, qulab tushadigan chuqur jarlik.
Uchma– tog` yo`li, jar yoqasi, qulab tushadigan chuqur jarlik.
Uzboy — qurib qolgan o`zan.
Ushuk sovuq — kuzda, erta bahorda bo`lib turadigan sovuq. Ushuk sovuq ekinlarga ko`pincha zarar keltiradi. Bunday sovuq urishi ushuk urish deb ham yuritiladi.
Ustyurt (ustirt) — qozoq va qoraqalpoqlarda atrofdagi joylardan baland usti tekis yerlar, yassi qirlar. Ustyurt nomi ham shu atamadan olingan.
Uran rudalari — tarkibida ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq miqdorda uran bo`lgan mineral birikmalar. Tabiatda 100 dan ortiq uranli mineral ma’lum, shulardan 12 tasi amaliy ahamiyatga ega. Bulardan eng … Read More
Ungur – g`or, tog` qoyalari orasidagi yoriqlar. Turkiston, Nurota, Chotqol tog`larida keng kalta g`orlar ungur deyiladi.
Unitar davlat (fransuzcha unitayre-yagona) — o`zini-o`zi idora qiladigan qismlarga bo`linmagan, yagona qonunlari va yagona markaziy hokimiyat organlariga ega bo`lgan yaxlit davlat.
Uval— yokbarri siya, bora-bora tevarak-atrofdagi tekislikka qo`shilib ketadigan yassi qirlar. Uvalning nisbiy balandligi 200 metrdan oshmaydi.
Undiruvchi sanoat — xilma-xil xom ashyo va yoqilg`i undirish, qazib chiqarish bilan shug`ullanadigan ishlab chiqarish sohasi. Kon sanoati, yog`och tayyorlash, baliq ovlash, ovchilik va boshqalar undiruvchi sanoatning asosiy tarmoqlaridir.