Ultrafagotsitoz nima degani
Ultrafagotsitoz nima degani – retikulo-endotelial tizim hujayralarining juda mayda kolloid zarrachalarni yutish xususiyati.

Ultrafagotsitoz nima degani – retikulo-endotelial tizim hujayralarining juda mayda kolloid zarrachalarni yutish xususiyati.
Ureterografiya nima degani – siydik yo’lini kontrast modda bilan to’ldirgandan so’ng o’tkaziladigan rentgenologik tekshiruv.
Ureterotsele nima degani – siydik yo’li teshigi torayishi natijasida qovuq ichidagi oxirgi ureter qismining xaltacha shaklida kengayishi.
Uretroskopiya nima degani – siydik chiqarish kanalini maxsus optik asbob – uretroskop yordamida tekshirish.
Uretrorragiya nima degani – siydik chiqarish kanalidan qon oqishi.
Uretrostenoz nima degani – uretra (siydik chiqarish yo’li)ning stenozi (torayishi).
Uretrotsistit nima degani – siydik chiqarish yo’li va qovuq shilliq qavatining bir vaqtda yallig’lanishi.
Urolitiaz nima degani – siydik-tosh kasalligi; buyraklarda va siydik chiqarish yo’llarida toshlar (konkrementlar) hosil bo’lishi.
Urobilinuriya nima degani – siydik bilan urobilin ajralib chiqishi.
Urologiya nima degani – siydik ajratish tizimi a’zolari (va erkaklar tanosil a’zolarining) kasalliklari, ularning diagnostikasi davolash va oldini olish tadbirlarini o’rganadigan fan.