VANTLI KO’PRIK

VANTLI KO’PRIK — daryolar ustiga quriladigan osma ko’prikning bir turi. Po’lat arqon — vantlardan yasalgan osma (Vant) ferma Vantli ko’prikning ko’taruvchi elementi hisoblanadi; qulochi 300 metrga yetadi. Fermani po’lat yoki … Read More

VANTUZ

VANTUZ (lotincha ventosis — shamolli) — vodoprovod, isitish quvurlarida yig’ilib qolgan havo chiqarib yuboriladigan klapan. Vantuz havo yig’iladigan joylarga, odatda, suv quvurlarining yuqori nuqtalariga o’rnatiladi. Vodoprovod tarmoqlari, isitish tizimlarida ishlatiladi.

VAN-DER-VAALS

VAN-DER-VAALS (Van der Waals) Yan Diderik (1837.23.11, Leyden — 1923.9.3, Amsterdam) — niderland fizigi. Real (ideal bo’lmagan) gazlar uchun holat tenglamasi (Van-der-Vaals tenglamasi)ni chiqargan. Nobel mukofoti laureati (1910).

VANADIY QOTISHMALARI

VANADIY QOTISHMALARI — vanadiyning alyuminiy (A1), volfram (W), titan (Ti), tsirkoniy (Zr), niobiy (Nb) bilan hosil qilgan maxsus qotishmalari. Suv va ko’p kislotalar ta’siriga chidamli bo’ladi. To’qimachilik, lok-bo’yoq, shisha sanoatida … Read More

VANADZOR

VANADZOR (1935 yilgacha Karaklis) -Armanistondagi shahar. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 75,6 ming kishidan ziyod (1999). Kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat yengil sanoat tarmoqlari, pedagogika instituti, teatr bor. Tog’ iqlimi kurorti. Vanadzorga 1836 … Read More

VAN

VAN — qadimda va o’rta asrlarda Xitoy va Koreyadagi davlatlar hamda Knyazliklarda hukmdor unvoni.

VAMPUM

VAMPUM (indeyscha wampumpead — ipga tizilgan chig’anoqlar, munchoq) — Shimoliy Amerikadagi indeys qabilalarida yodda saqlash va axborot uzatish vositasi. Xabar mazmuni chig’anoklarning rangi, soni va o’zaro joylashuvi bilan bildirilgan.

VAMPIR

VAMPIR — ba’zi slavyan xalqlarining e’tiqodiga ko’ra, go’rdan chiqib odamlarning qonini so’ruvchi arvoh. Ko’chma ma’noda — qonxo’r, zolim odam.

VALYUTA KONVERTATSIYASI

VALYUTA KONVERTATSIYASI (lotincha conversio — almashtirish), valyuta almashinuvi — mamlakat milliy valyutasining xorijiy valyutalarga yoki xalqaro to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi valyutaga erkin almashtirilishi.