VALYUTA TUSHUMI
VALYUTA TUSHUMI — yil davomida tashqi iqtisidiy faoliyat Milliy Bank schyotlariga kelib tushadigan pul mablag’lari. Bir valyuta kursini boshqa valyutalar guruhiga nisbatan o’lchash metodi.

VALYUTA TUSHUMI — yil davomida tashqi iqtisidiy faoliyat Milliy Bank schyotlariga kelib tushadigan pul mablag’lari. Bir valyuta kursini boshqa valyutalar guruhiga nisbatan o’lchash metodi.
VALYUTA TIZIMI — valyutaning amal qillshiga xizmat qiladigan iqtisodiy, huquqiy munosabatlarning yig’indisi.
VALYUTA TIZIMI — valyutalar ularni o’zaro ayriboshlash va qo’llash qoidalari va normalar, tolov vositasi sifatida qo’llanilishi bilan bog’liq pul kredit munosabatlarining yig’indisi.
VALYUTA SIYOSATI — valyuta munosabatlarida iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy tadbirlar va shakllar yigindisi. Bu vositalar yordamida xalqaro moliya-kredit tashkilotlari, davlatning markaziy moliya va bank muassasalari valyuta munosabatlarini tartibga soladi.
VALYUTA SAVATI — chet el valyutalarini milliy valyutaga kotirovka qilishda ishlatiladigan valyutalar yig’indisi.
VALYUTA RISKI — valyuta kurslarining o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan zarar ko’rish xavfi tushuniladi.
VALYUTA REZERVLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH — bir vaqtning o’zida 1 necha yetakchi erkin almashinadigan valyutalarda chet el valyuta rezervlarini tashkil qilish valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilish deyiladi.
VALYUTA REZERVI — biror mamlakatning valyuta mablag’lari va oltin jamg’armalar.
VALYUTA QARZI — bir mamlakatning boshqa mamlakatlardan qarzga olgan valyuta manbalari, valyuta qarzi davlat yoki tijorat korxonasiniki bo’lishi mumkin.
VALYUTA QAMALI — xalqaro tashkilotlar yoki ayrim mamlakatlar guruhi tomonidan ba’zi bir mamlakatlarga nisbatan valyuta tushumlarining kelish jarayonida to’sqinlik qilish tushuniladi.