Vertikal pedagogika
Vertikal pedagogika-yuqori sinf o’quvchilarining quyi sinf o’quvchilariga yordam ko’rsatishni hamkorlikda tashkil etish shakli.
Vertikal pedagogika-yuqori sinf o’quvchilarining quyi sinf o’quvchilariga yordam ko’rsatishni hamkorlikda tashkil etish shakli.
Verifikatsiya (lotincha verus-haqiqiy va fakio-bajaraman)-mantiqdagi tushuncha. Bunda fanning nazariy qoidalarini kuzatilayotgan ob’yektlari, hissiy ma’lumotlar, eksperimentlarga taqqoslash yo’li bilan ularni tekshirish, tajribaviy tasdiqlash tushuniladi.
Verbal muloqot shakllari-so’z, ma’ruza, suhbat, savol-javob, nasihat, munozara, bahs, xabar, tabrik, tanbeh, salomlashish-hayrlashish kabilardan iborat muloqot turi.
Verbal-insonning tovushli nutqiga aloqador jarayon.
“Ven diagrammasi” strategiyasi (metodi) — ushbu strategiya tehsil oluvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish umumlashtirish ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiriladi.
Vatanparvarlik-o’quvchi va talabalarning ona-yurtiga, o’z Vataniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha.
Validlik-tadqiq etilayotgan hodisalar sohasiga oid ma’lumotlar va ularga nisbatan tashxisiy muolaja reprezentativligini ifodalovchi metodikaning majmuaviy tavsifnomasi (test).
Valeologiya (loincha Valeo-salomatlik, logos-ta’limot) — inson, shu jumladan o’quvchi salomatligi haqidagi ta’limot.