Vestibyul (dahliz)
Vestibyul (dahliz) – tashrif etuvchilarni qabul qilish va oqimini taqsimlashga mo’ljallangan, binoning ichki qismiga kirish oldidagi xona. Masalan: teatr dahlizi, vokzal dahlizi, uy dahlizi va hokazolar.
Vestibyul (dahliz) – tashrif etuvchilarni qabul qilish va oqimini taqsimlashga mo’ljallangan, binoning ichki qismiga kirish oldidagi xona. Masalan: teatr dahlizi, vokzal dahlizi, uy dahlizi va hokazolar.
Vertikal zinapoya – gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 750 dan ko’p bo’lgan zinapoya.
Vermikulitli plita – ekologik toza material bo’lib, u bir vaqtning o’zida yuqori olovbardoshlik va issiqbardoshlik xossalarni tovush yutuvchanlik, issiqlik izolyatsiyalovchi ko’rsatkichlarni o’zida uyg’unlashtiradi, shuningdek, chegaralanmagan ekspluatatsiya muddati bilan ajoyib dekorativ … Read More
Vermikulit-beton – bo’rttirilgan vermikulit to’ldiruvchili yengil beton turi. O’rtacha zichligi (hajmi bo’yicha) 250-400 kg/m3 bo’lgan vermikulit-betondan sanoat uskunalarini izolyatsiya qilishda, binolarning to’suvchi konstruksiyalariga isitish qoplamasini yotqizishda foydalaniladi. 600-1000 kg/m3 o’rtacha … Read More
Vermikulit – gidroslyudalar, magniy va temirning suvli asosiy alyumosilikatlari guruhidan olinadigan mineral. Vermikulit qo’ng’ir, bronza tusli sariq, yashil ranglarda uchraydi. Mineralik shkala bo’yicha qattiqligi 1-1,5; zichligi 2400-2700 kg/m3 ni tashkil … Read More
Verba (sambit tol) – Toldoshlarga mansub daraxtlar va buta, chala butalar turkumi, 300 turi ma’lum. Asosan, mo’tadil mintaqah. Yevropa va Shimoliy Amerikada tarqalgan. O’rta Osiyoda 22 turi bor. Daraxtning xodasi … Read More
Ventilyatsiyalanuvchi panellar (shamol o’tkazuvchi panellar) – havoning aylanishini ta’minlovchi bitta yoki bir nechta tekisliklarga ega bo’lgan panellar.
Veranda (ayvon) – binoga tutashtirib yoki binodan alohida, yengil shiypon ko’rinishida quriladigan, ochi yoki oynavand, isitilmaydigan xona.
Ventilyatsiya bloki – temir-betondan ishlangan ventilyatsiya bloklari, ko’p hollarda, aylana yoki kvadrat shaklidagi teshiklarga ega bo’lgan to’g’ri burchakli beton plitalardan iborat bo’ladi. Turar-joy va jamoat binolari tabiiy ventilyatsiyaga mo’ljallangan.