Vivorot sleznoy tochki, ko’z yosh nuqtasining ag’darilishi nima degani
Vivorot sleznoy tochki, ko’z yosh nuqtasining ag’darilishi nima degani – ko’z yoshi oqib o’tadigan kanalchalar teshigining o’z joyidan pastroqqa-pastki qovoq tomonga siljishi.
Vivorot sleznoy tochki, ko’z yosh nuqtasining ag’darilishi nima degani – ko’z yoshi oqib o’tadigan kanalchalar teshigining o’z joyidan pastroqqa-pastki qovoq tomonga siljishi.
Viskablivaniye, qirib olish nima degani – biror bir bo’shliq yoki kovak a’zo devorining ichki qatlami yoki qoshiqqa o’xshash asbob yordamida operatsiya yo’li bilan olib tashlash.
Vinoslivost, bardoshlilik, chidamlilik nima degani – organizmning (a’zo, funksional tizimni) ma’lim bir ishni uzoq bajarganda, (jumladan, mushaklarga tushadigan og’irlikka) charchashga qarshi turish qobiliyati.
Vizdorovleniye, sog’ayish nima degani – 1) organizm normal faoliyatini tiklashdan iborat bo’lgan kasallik yakunlanishining bir turi; 2) (sin. rekonvalestsentsiya) kasallikdan so’ng organizm hayot faoliyatining to’liq tiklanishi.
Videlitelniye kanaltsi, suyuqlik ajratuvchi kanalchalar nima degani – buyrak oldi, birlamchi va ikkilamchi buyrakdagi buyrak kanalchalarining umumiy nomi, ulasrda siydik hosil bo’ladi.
Videlitelniye protoki, suyuqlik ajratuvchi naychalar nima degani – suyuqlik ajratuvchi naychalarda yig’ilgan siydikni ichak yoki siydik qopiga o’tkazuvchi kanallarning umumiy nomi. Oliy umurtqalilar embrionida (jumladan, odamda)-birlamchi buyrak naychalari (volf naychalari) … Read More
Visotnaya bolezn (gornaya bolezn), balandlik kasallikgi (tog’ kasalligi) nima degani – tashqi muhitda kislorodning parsial bosimi to’satdan pasayib ketishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Visshaya nervnaya deyatelnost, oliy nerv faoliyati nima degani – bosh miyaning integrativ faoliyati odam yoki oliy darajada tashkil topgan hayvonlarning o’zgariv turuvchi tashqi yoki ichki muhit sharoitlariga individual xatti-harakatining moslashuvi.
Vyazkost, yopishqoqlik nima degani – suyuqlik, gaz, qattiq jismlardagi zarracha ikkinchi zarrachaga nisbatan siljiganda oqimga qarshilik ko’rsatuvchi xususiyati.
Vityajniye, tortib qo’yish nima degani – tayanch-harakat a’zolarining shikastlanish kasalliklarini hamda ularning asoratlari-deformatsiya, kontraktura, chandiqli tortishib qolish kabilarni asosiy ortopedik davolash usuli.