Vsasivaniye (vpitivaniye), so’rilish (shimilish) nima degani
Vsasivaniye (vpitivaniye), so’rilish (shimilish) nima degani – fiziologik jarayon bo’lib, har xil moddalarning hujayralar qavatidan limfa va qonga o’tishi.
Vsasivaniye (vpitivaniye), so’rilish (shimilish) nima degani – fiziologik jarayon bo’lib, har xil moddalarning hujayralar qavatidan limfa va qonga o’tishi.
Vrojdenniye bolezni, tug’ma kasalliklar nima degani – homilaning bachadondagi rivojlanishi buzilishidan kelib chiqadigan kasalliklar. Masalan, yurakning tug’ma nuqsoni.
Vrachebnoye prostupok, shifokor huquqbuzarligi nima degani – shifokorlik jinoyati belgilari kuzatiladigan huquqbuzarlik, lekin ahamiyati kam bo’lganligi sababli jamoatchilikka xavf sololmaydi. Administrativ va intizomiy javobgarlikka tortiladi.
Vrachebnaya tayna, shifokor siri nima degani – tibbiyot va farmatsevtik xodimlarga ma’lum, lekin oshkor qilinmaydigan kasallik, bemorning jinsiy, oilaviy hayotiga oid ma’lumotlar yig’indisi. Shifokor siri qonun bilan himoyalanadi, davlat sog’liqni … Read More
Vrachebnaya oshibka, shifokor xatosi nima degani – shifokorning kasbiy vazifalarini bajarayotganda yo’l qo’ygan xatosi bo’lib, u avval ko’zda tutilmagan va oldini olish imkoniyati bo’lmagan, ya’ni o’z vazifasiga soyuqqonligi, nodonligi va … Read More
Vivorot veka, qovoq qirrasining sirtga burilib qolishi nima degani – qovoq holatining patologik o’zgarishi, bunda uning uchi ko’z olmasidan uzoqlashadi va konyuktival yuzasi teskariga o’giradi, tashqariga qarab qoladi.
Vivix xrustalika, ko’z gavharining o’rnidan siljishi nima degani – ko’z gavharining joylashgan joyidan siljishi natijasida (sinn boylarni buzilganda) u ko’zning oldingi kamerasiga chiqaradi yoki shishasimon tanaga tushadi.
Vivix glaznogo yabloko, ko’z soqqasining o’rnidan ko’chishi nima degani – ko’z soqqasining ko’z kosasidan siljishi; bunda ko’z qovoqdan oldinda joylashadi.
Vibuxaniye mozga, bosh miya bo’rtishi nima degani – bosh miya moddasining kalla suyagi va miya pardalarining nuqsonlari orqali bo’rtib chiqishi.
Vivorot matki, bachadonning ag’darilib qolishi nima degani – bachadon shilliq qavatining qisman yoki batamom qinning kengaygan og’zidan o’taturib, tashqariga ag’darilib chiqishi.