XEFEY

XEFEY — Xitoyning Sharqiy qismidagi shahar. Anxoy provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 4,3 million kishi (1999). Transport yo’llari chorrahasi. Metallsozlik, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor.

Batafsil o‘qish

XURSANDTOG’

XURSANDTOG’ — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi cho’qqi. Hisor tog’ining Janubi g’arbida. Balandligi 4117 metr. Granit, konglomerat va ohaktoshlardan tuzilgan. Yon bag’irlari tik, tepalarida muzliklar bor. Atrofidan soylar oqib tushadi. Archazorlar … Batafsil

Batafsil o‘qish

XUNTA

XUNTA (ispancha junta) — ispan tilida so’zlashuvchi mamlakatlardagi birlashma, ittifoq, komissiyalar, davlat organlarining nomi. Lotin Amerikasining ayrim mamlakatlarida harbiy to’ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan harbiy hukumat.

Batafsil o‘qish

XUN SYUSYUAN

XUN SYUSYUAN (181464) 185064 yillarda Xitoyda bo’lib o’tgan taypin qo’zg’oloni tashkilotchisi va oliy rahbari. Dehqon oilasida tug’ilgan, o’qituvchilik qilgan. 1851 yildan Taypinlar davlati boshlig’i. 1864 yil Nankinni hukumat qo’shinlari qamal … Batafsil

Batafsil o‘qish

XUNOXUNOVA MUQADDAM JO’RAYEVNA

XUNOXUNOVA MUQADDAM JO’RAYEVNA (1955.24.3, Oqqo’rgon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2004). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1978). 1978 yildan Oqqo’rg’on tumanidagi 17-maktabda kimyo-biologiya, 1992 yildan 49-ixtisoslashgan maktabda biologiya o’qituvchisi. Noan’anaviy … Batafsil

Batafsil o‘qish

XUNVEYBINLAR

XUNVEYBINLAR («qizil soqchilar») — Xitoyda 1966 yilgi «madaniy inqilob» davrida tuzilgan otryadlarning qatnashchilari. O’rta maktab o’quvchilari va talabalardan tashkil topgan. Ulardan hamda szaofanlardan siyosiy va jamoat arboblarini jazolash uchun foydalanilgan. … Batafsil

Batafsil o‘qish