Ximioterapiya
Ximioterapiya, kimyoviy davolash, xemoterapiya — kasallik qo’zg’atuvchilarga qarshi kimyoviy preparatlаг qo’llab, bemorni davolash.
Ximioterapiya, kimyoviy davolash, xemoterapiya — kasallik qo’zg’atuvchilarga qarshi kimyoviy preparatlаг qo’llab, bemorni davolash.
Ximera o’simliklar — irsiy sifatdan farq qiluvchi qismlar, gistologik qatlamlar yoki hujayralarni ulashdan hosil bo’ladigan o’simliklar. Masalan, har xil o’simliklarni payvandlash.
Ximera DNK — gen muhandisligi usullari yordamida har xil tabiiy DNK qismlaridan tuzilgan sun’iy molekula.
Ximera — har xil organizm hujayrasi, to’qimasi, a’zosi yoki tana qismlarini qo’shishdan hosil bo’ladigan mavjudotlar.
Xemotropizm — o’simlik o’suvchi a’zolarining kimyoviy moddalar ta’sirida yo’nalishini o’zgartirishi.
Xemotaksis — erkin harakatlanuvchi organizm (bakteriya, zamburug’ уа boshqa)larning bir tomondan bo’ladigan kimyoviy ta’sirga javoban harakati.
Xemosistematika — organizm, a’zo to’qima уа hujayralar sistematikasi (tur, turkum, oila kabilar)ni ularning kimyoviy tarkibi asosida tuzish. Огganik dunyoning to’liq tаsnifini уаrаtishda qo’llaniladi.
Xemorezistentlik — tirik organizmlarning kimyoviy moddalar ta’siriga chidamliligi.
Xemosezuvchanlik – organizmning kimyoviy moddalarga nisbatan sezgirligi.
Xemoretseptorlar – kimyoviy qo’zg’atuvchilar ta’sirini qabul qiluvchi asab uchlari. Bular tashqi yoki muhitdagi kimyoviy moddalar konsentratsiyasi o’zgarishini sezadi.