Xo’d
Xo’d-qadimgi zamonlarda va o’rta asrlarda urush vaqtida kiyiladigan uzun uchli, o’q o’tmas jez qalpoq.
Xo’d-qadimgi zamonlarda va o’rta asrlarda urush vaqtida kiyiladigan uzun uchli, o’q o’tmas jez qalpoq.
Xutba-juma va ulug’ ayyom kunlari masjidda imom-xatib tomonidan aytiladigan oyatu hadislar, pandu nasihatlar. Shuningdek, o’rta asrlarda xalifa va mahalliy hukmdor nomini tilga olib imom tomonidan o’qiladigan duo ham xutba deyilgan.
Xonsolar-dasturxonchi ma’nosini anglatgan. Podsho va xonlar huzurida ovqat tortish ishlarini boshqaruvchi shaxs hisoblangan.
Xokrez-mudofaa maqsadida qal’a devori ostiga tuproqdan uyulgan maxsus tepalik.
Xitoylar-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan urug’lardan biri. Xitoy urug’ining kelib chiqishi asosan II asrda O’rta Osiyo va Qozog’istonning bir qismini bosib olgan qoraxitoylarga bog’liq.