Xiroj
Xiroj-Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, jumladan O’rta Osiyoda davlat tomonidan undirilgan yer solig’i. Xiroj O’rta Osiyoda VII asrda arablar tomonidan joriy qilingan. Xiva va Qo’qon xonliklari hamda Buxoro amirligida xiroj … Read More
Xatmi Qur’on-musulmonlarda vafot etganlar arvohiga atab, Qur’oni Karimni boshidan oxirigacha qiroat bilan o’qib tamomlash va shu munosabat bilan o’tkaziladigan diniy marosim.
Xatib-odatda masjidda juma va diniy bayram kunlari, ya’ni hayit namolari paytida xutba o’qiydigan dindor.
Xandaq-o’ra, to’siq. O’rta Osiyo hududlarida o’rta asrlarda dushman o’tolmasin deb, qal’a atrofida maxsus xandaqlar qazib, uni suv bilan to’ldirib qo’yishgan. Bu o’sha davrda mudofaa to’siqlarining bir turi hisoblangan.
Xaylboshi-otliq askarlar bo’linmasining boshlig’i. Somoniylar va saljuqiylar davrida saroy g’ulomlaridan tuzilgan otliq gvardiya boshlig’i