YETAKCHI (SIYOSIY)
YETAKCHI (SIYOSIY) — xalq yoki biron ijtimoiy guruh manfaatlarini to’la ifodalovchi va himoya qiluvchi, siyosiy arbobga zarur sifat, yig’indisiga ega shaxs.
YETAKCHI (SIYOSIY) — xalq yoki biron ijtimoiy guruh manfaatlarini to’la ifodalovchi va himoya qiluvchi, siyosiy arbobga zarur sifat, yig’indisiga ega shaxs.
YETAKCHI (SAVDOGAR) — o’z g’oya va rejalarini qiziqarli qilib taqdim etish, fuqarolarni ularning afzalligiga ishontirish, bu g’oyalarni ―sotib olishga majbur qilish va shuningdek, ularni amalga oshirishga ommani jalb etish qobiliyati … Read More
YETAKCHI (O’T O’CHIRUVCHI) — eng dolzarb qaynoq ijtimoiy muammolarga, davrning eng muhim talablariga mo’ljal oladi. Uning harakatlari aniq vaziyat bilan belgilanadi.
YER TUZISH — yer tuzish tartibi – mamlakatda yerga bo’lgan munosabatlarni tartibga solish va mukammallashtirish, yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida muhofaza qilish va undan samarali foydalanishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimi.
YASHILLAR — ekologik siyosatni amalga oshirish tarafdori bo’lgan, tabiiy muhitni sog’lomlashtirish va himoyalashni asosiy maqsad qilib olgan jamoatchilik harakati yoki siyosiy partiya.
YADROVIY KUCHLAR — qurollanishda yadro kuchlariga ega bo’lgan harbiy shakllanishning (qo’shinlar, qismlar, birlashmalar) nomi. Qo’llanishda strategik tezkortaktik va taktikka bo’linadi.
YURISDIKTSIYA (lot. sud, sud ishini yuritish) — sud yoki ma‘muriy organning muayyan faktlarga huquqiy baho berish, shu jumladan, nizolarni hal qilish va qonunda ko’zda tutilgan sanksiyalarni qo’llash bo’yicha vakolatlari doirasi.
YUNOKRATIYA (lot. junior – yoshi kichik, yosh, kenja) — yoshlar hokimiyati va ularning jamiyatdagi yetakchi kuchga aylanishi, hukmronligi.
YEVROPOSENTRIZM — G’arbiy Yevropa madaniyati butun insoniyat uchun na‘muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko’ra g’arbiy Yevropa – jahon taraqqiyoti markazidir.
YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI (YEXHT) — davlatlar o’rtasida xavfsizlik va hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga ko’maklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab … Read More