YASHIRIN TALAB
YASHIRIN TALAB — qandaydir konkret ehtiyoj bor va talabga aylanishi mumkin, lekin uni mavjud tovarlar bilan qondirib bo’lmaydi.
YASHIRIN TALAB — qandaydir konkret ehtiyoj bor va talabga aylanishi mumkin, lekin uni mavjud tovarlar bilan qondirib bo’lmaydi.
YASHIRIN KELISHUV — xalqaro savdodagi g’irrom raqobat shakllaridan biri. Uning ikki turi bor: l) yopiq savdo qatnashchilari o’rtasida; 2) bozorni taqsimlash va narxlar o’rnatish haqidagi norasmiy shartnomalar.
YASAK — qadimgi davrda yashagan xalqlarning to’lagan natural soliqlari. Aholi o’z qishloq boshliqlariga soliqni natural (mahsulot, xomashyo) ko’rinishda to’lab berganlar.
YARMARKA — belgilangan muddatlarga bir joyda muntazam to’planadigan bozor; yarmarka ishtirokchilariga o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini ko’rsatishga imkoniyat yaratish, savdo bitimlari tuzish maqsadlarida yangi yutuqlar va texnik kamolotni namoyish qilish.
YO’L FONDINI SHAKLLANTIRUVCHI SOLIQLAR — yoqilg’i moylovchi materiallarni sotishdan olinadigan soliq, avtomobil yo’laridan foydalanuvchilardan olinadigan soliq, transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq va transport vositalarini sotib olganlik uchun to’lanadigan soliqdan iborat.
YARATILGAN AKTIVLAR — tizimda ishlab chiqarish doirasida yaratilgan nomoliyaviy aktivlar.
YANGI TOVAR — biror bozorda birinchi marta taklif qilinadigan tovar.
YAPON SHAMLARI — sham bahoning ushbu vaqt intervali (-1 ) ichida tanlab olingan to’rt ifodasini aks ettiradi, kattaligi: 1 daqiqa, 5 daqiqa, 10 daqiqa, 60 daqiqa (soatli), haftali, oyli va … Read More
YANGI MAKTAB — boshqaruv nazariyasidagi bu yo’nalish boshqaruv ilmiga aniq fanlar usullari va apparatini joriy etish bilan xarakterlanadi
YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLAR — iqtisodiy jihatdan eng tez rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi davlatlar.