Yorug`lik yili
Yorug`lik yili — astronomiyada masofa o`lchov birligi. Yorug`lik nuri bir tropik yilda bosib o`tgan masofaga teng. Yorug`lik yili 0,307 parsekka, 9 460 mlrd.km.ga teng.
Yorug`lik yili — astronomiyada masofa o`lchov birligi. Yorug`lik nuri bir tropik yilda bosib o`tgan masofaga teng. Yorug`lik yili 0,307 parsekka, 9 460 mlrd.km.ga teng.
Yosh tog`lar — kaynozoy erasida ro`y bergan alp burmalanishida paydo bo`lgan tog`lar. Bularga O`rta dengiz — Indoneziya va Tinch okean mintaqasidagi tog`lar kiradi.
Yorug` tun — yuqori geografik kengliklarda yozgi tunlar. Yorug` tunlarda Quyosh botsa ham, lekin osmon yorug` bo`lganligi uchun tunlar qosh qorayganday o`tadi. Yorug` tunlar Quyoshning yarim tundagi balandligi 18 darajadan … Read More
Yoriq — Yer po`stida tektonik harakatlar natijasida hosil bo`lgan siniq. Tog`larda qattiq jinslar darz ketib, ajrab ketgan joylari, juda tor daralar.
Yopiq dengiz — quruqlik ichkarisiga uzoq kirib borgan va dengizlar, okeanlar bilan tor bo`gozlar orqali qushilib turgan dengizlar. Masalan, O`rta dengiz, Qora dengiz, Qizil dengiz, Azov dengizi, Boltiq dengizi.
Yoshargan tog`lar — qadimgi burmalanishlarda paydo bo`lib, keyinchalik yemirilib, tekislanib qolgan o`lkalarda alp burmalanishida qaytadan ko`tarilgan tog`lar. Oltoy, Tyanshan, Sayan, Zabaykale tog`lari yoshargan tog`lardir.
Yog`ingarchilik – yog`in-sochinning tez-tez va ko`p bo`lishi. O`rta Osiyo tekisliklari va tog` oldilarida qish va bahor yog`ingarchilik davri hisoblanadi.
Yoqa — chekka qirg`oq, bo`y ma’nolarida qo`llaniladi. Masalan, daryo yoqasi, dala yoqasi, jar yoqasi va h.k.
Yonartog` — so`nmagan vulkan tog`i.