Zo’rxona
Zo’rxona – jismoniy mashq, kurash xonasi; 2) harbiy mashq o’tkaziladigan bino.
Zo’rxona – jismoniy mashq, kurash xonasi; 2) harbiy mashq o’tkaziladigan bino.
Zo’riqish relaksatsiyasi – shakl o’zgarishi doimiyligida ashyoda (jismida) zo’riqishning asta-sekin o’zgarishi.
Zo’riqish ostida qurilish materiallarining korroziyasi – qurilish materiali korroziyasining mahsulot yoki konstruksiyalarga bir vaqtning o’zida muhitning agressivligi va mexanik zo’riqishlaridan kelib chiqishi.
Zo’riqish kontsentratsiyasi – oraliqlar buzilish joylari (teshiklar, o’yiqlar, qalinlashishi) paydo bo’ladigan zo’riqish. O’rta harorat va statik ta’sirlarda ta’siri ahamiyatsiz, past harorat va qo’shimcha dinamik ta’sirlarda buzilishga olib kelishi mumkin.
Zo’riqish – tashqi kuchlanish va ta’sirdan (ko’ndalang va bo’ylama kuchlar, eguvchi va burovchi momentlar) qurilma elementi ko’ndalang kesimida paydo bo’luvchi ichki kuch.
Zuvala – 1) yumaloqlangan loy bo’lagi; 2) guvala yasayotgan paytda loydan kesib olinadi.
Zulfin (anker) – eshik zanjirini solish va qulf bog’ini o’tkazish uchun eshik, darvozaga o’rnatiladigan metall qalqa, moslama.
Zohir – sirtqi, tashqi ko’rinish.
Zorul – yog’ochni chorsi qilib teshishda ishlatiladi, uzunchoq va egri tig’li boltaga o’xshash asbob.
Zona (doira, mintaqa, chegara, qism) – 1) doira, chiziq, har qanday ikkita chiziq orasidagi bo’shliq; 2) qatlam, mintaqah, chegara, qism. Masalan: faol zona, kesimning faol qismi, havo aylanish zonasi, titrash … Read More