Zul-qarnayn
Zul-qarnayn-Aleksandr Makedonskiyning laqabi. O’rta Osiyo hududida uni Iskandar Zul-qarnayn deb atashgan.
Zul-qarnayn-Aleksandr Makedonskiyning laqabi. O’rta Osiyo hududida uni Iskandar Zul-qarnayn deb atashgan.
Zobit-zabt etuvchi, boshqaruvchi, ofitser.
Zoviya-so’fiylar, darvishlar to’xtaydigan va yashaydigan maskan. Arab mamlakatlarining ba’zilarida ravot, ba’zilarida zoviya deb atalgan. O’rta Osiyoda bunday joylar xonaqoh, Eron va Afg’onistonda taq’ya deyilgan.
Zira’-masofa o’lchovi, taxminan 79,8 santimetrga teng.
Zirih-ziral; halqa; isirg’a; o’q va tig’ o’tmaydigan urush kiyimi; sovut.
Zindiq-zardo’shtiylar, Zand kitobiga e’tiqod qilganlar; dinsiz, xudosiz degan ma’noni bildiradi.
Zindon-O’rta Osiyo xonliklari hududida bandilar, mahbuslar va javobgarlarni saqlash uchun mo’ljallangan yer ostidagi zax va qorong’u qamoqxona. Zindonning zindonbon, mirzo va yasovullardan iborat ma’muriyati bo’lgan.