Algologiya
Algologiya — Suvo’tshunoslik — suvo’tlarni o’rganuvchi fan.
Algologiya — Suvo’tshunoslik — suvo’tlarni o’rganuvchi fan.
Algisid — suvo’tlariga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy moddalar.
Aleyron donalari — donli, dondukkakli уа boshqa o’simliklar urug’i hujayralaridagi jamg’arma oqsil donachalari.
Aldozalar — tarkibida aldegidli gruppa bo’lgan monosaxaridlar. Маsalan, glyukoza, riboza, eritroza.
Aldosteron — steroid gormon; asosan umurtqali hayvonlar buyrak usti bezining po’st qismi ishlab chiqaradi. Organizmdagi mineral almashinuvi jarayonini boshqaradi.
Albuminlar — suvda yaxshi eriydigan oddiy oqsillar. Ko’pchilik o’simlik urug’laridagi jamg’arma oqsillar tarkibida уа boshqalarda uchraydi.
Alar — poyaning bo’yiga o’sishini sekinlashtiruvchi sun’iy kimyoviy modda.
Akulasimonlar — tog’ayli baliqlar kenja sinfi; akulalar уа lappak baliqlar turkumlaridan iborat.
Alanin — ko’pchilik oqsillar tarkibida uchraydigan aminokislota.