Atsfiksiya
Atsfiksiya, bo’g’ilish — qonda kislorodning yetishmasligi va karbonat angidrid gazining ko’payib ketishi tufayli nafas olishning keskin buzilishi.
Atsfiksiya, bo’g’ilish — qonda kislorodning yetishmasligi va karbonat angidrid gazining ko’payib ketishi tufayli nafas olishning keskin buzilishi.
Atseton tanachalar, keton tanachalar — modda almashuvi jarayonining oraliq mahsulotlari. Bularga atseton, atsetoatsetat, oksimoy kislotalari kiradi.
Atsetilxolinesteraza – atsetilxolinning parchalanish reaksiyasini katalizlovchi ferment.
Atsetilxolin — asab tizimi faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan organik birikma. Asab qo’zg’alishlarini o’tkazish vazifasini bajaradi.
Asalchil o’simliklar, asal beruvchi o’simliklar — gullarida nektar (gulshira) bo’lgan o’simliklar.
Asalarilar — pardaqanotlilar kenja turkumiga mansub hasharotlarning katta oilasi.
Asalari zahari — asalarining zahar bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik.
Arxozavrlar — sudralib yuruvchilar kenja sinfi. Bulardan hozir faqat bitta turkum — timsohlar saqlanib qolgan.
Arxitektonik maydonlar (miyada) — bosh miya po’stlog’ining ayrim qismlari.
Arxikarp — xaltachali zamburug’larning ikki hujayradan iborat urg’ochi jinsiy a’zosi.