Yevropeoid irqi
Yevropeoid irqi — asosiy katta irqlardan biri; terisi tiniq, mayin sochli, qirra burunli, yupqa labli bo’ladi. Yevroра, Shimoliy Afrika, Old Osiyo, Shimoliy Hindistonda tarqalgan.
Yevropeoid irqi — asosiy katta irqlardan biri; terisi tiniq, mayin sochli, qirra burunli, yupqa labli bo’ladi. Yevroра, Shimoliy Afrika, Old Osiyo, Shimoliy Hindistonda tarqalgan.
Yetiltirish — yaxshi pishmagan meva, sabzavot va boshqalarni sun’iy sharoitda yetiltirib pishirish. Ko’pincha kimyoviy preparatIar, masalan, etilendan foydalaniladi.
Yerlarni quritish — уеr sharoitlarini yaxshilash uchun undagi огtiqcha suvni yo’qotishga yordam bеradigan meliorativ tadbir.
Yenotlar — yenotsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urug’i. Yenotlarning bir necha xil turlari mavjud. Ozarbayjon, Belorussiya уа O’rta Osiyoda iqlimlashtirilgan.
Yengil diffuziya – moddalarning ko’chirilishini ta’minlovchi oqsillar ishtirokida energiya sarflamasdan ularni biologik membranalar orqali ko’chirish.
Yashirin kurtak — tinimdagi, uyqudagi kurtak; o’zidan yuqoridagi kurtaklar shikastlanganda yoki nobud bo’lganda uyg’onib, ko’karadi.
Yelpig’ichqanotlilar — hasharotlаr turkumi. Ko’pchilik turlari hasharotlarning endoparaziti.
Yashil chavra — butalar yoki past bo’yli daraxtlarni qalin, zich ekib hosil qilingan devor. Bularga damba-dam shakl berib, kesib turish kerak.
Yashash uchun kurash — Ch.Darvinning evolutsion nazariyasidagi asosiy tushunchalardan biri. Bu atamа turlararo, shuningdek, organizmlаr bilan turli-tuman yashash muhiti omillari o’rtasidagi barcha o’zaro munosabatlarni ifodalash uchun qo’llanadi.
Yashash muhiti – organizm yashayotgan joydagi abiotik, biotik va antropogen оmillаr majmui.