Chakka qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Chakka qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Urgancha rayonida. Chakka so’zi Xorazmda ko’pgina toponimlar tarkibida uchraydi. Masalan, Chakka sholikor, Chakkali, Chakkalar, shuningdek kishilarning laqabi sifatida ham uchraydi: Yo’ldosh chakka, Bibi chakka va hokazolar. Bu so’zni mahalliy xalq “chekka, tashqari, sirt” deb izohlaydi. Ammo Chakka so’zining boshqa ma’nosi ham bor. Chakka forscha “quvnoq, hazilkash” degan ma’noni bildiradi.



