CHAMBAR GAZ-KONDENSAT KONI
CHAMBAR GAZ-KONDENSAT KONI — Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi kon. Muborak temir yo’l stantsiyasidan 42 kilometr shimoli Sharqda. 1980 yilda ochilgan, 1986 yildan foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi kuchsiz tabaqalangan, zol qumlari bilan qoplangan cho’l tekisligidan iborat. Chambar gaz-kondensat koni Buxoro tektonik pog’onasidagi muborak ko’tarilmasining shimoli g’arbiy qismida joylashgan. Chambar gaz-kondensat konida qazilgan jami 4 ta burg’i qudug’ida paleozoy erasi, yura, bur, paleogen, neogen va to’rtlamchi davr yotqiziqlari ochilgan. Sanoat miqyosidagi gazlilik 13 va 12 gorizontlarda belgilangan. Gorizontlar qumtosh, alevrolit, gil, mergel va ohaktoshlardan tarkib topgan bo’lib, 886-1014 metr va 917-1058 metr chuqurliklarda ochilgan. Kondagi gaz metanli, quruq. Kondensat oltingugurtli, 1 metr kub qatlam gazida 13 gramm kondensat mavjud. Benzin fraktsiyalarining guruhiy uglevodorod tarkibiga ko’ra, kondensat metannaftenaromatli tipga mansub. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.