Chaqar qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Chaqar qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Surxondaryo oblastining Sariosiyo rayonida. Chaqar so’zi toponim sifatida respublikamizning ko’pgina joylarida uchraydi. Jumladan, Samarqand oblastining Norpoy rayonida, Qoraqalpog’iston ASSRda Amudaryo rayoni territoriyalarida Chaqar nomli qishloqlar bor. Toshkent shahrida bir mahalla Chaqar deb ataladi. Chaqar “xizmatkor, kambag’al, yo’qsil” degan ma’nodadir. Qadimda kambag’allar yashaydigan joylar shunday deb atalgan bo’lsa kerak.

Добавить комментарий