Chatishtirilgan tez o’suvchi terak nimani anglatishini bilasizmi

Chatishtirilgan tez o’suvchi terak nimani anglatishini bilasizmi – bu terak tanasi silindrsimon, tanasining deyarli 18 metrdan oshiq qismi shoxlanmagan va tik o’sgan bo’ladi. Tez o’sishi, mahsuldorligidan tashqari, u turli kasalliklarga boshqa teraklarga nisbatan chidamlidir. Bu terak navi sho’rxok yerlarda o’sa olishi bilan qurg’oqchilikka ham bardosh bera oladi. Shuning uchun dasht, cho’l mintaqa hududlarida barpo etiladigan ihota daraxtzorlarida ham foydalanish mumkin. Bu turdagi terak navi yer osti suvlari 3 metrgacha bo’lgan yerlarda 30 yoshda ham o’sa olishi mumkin. Sho’rlangan botqoqli tuproqlarda bu terakning bo’yi 40 metr, yo’g’onligi 50 santimetrga yetgani kuzatilgan. G.P.Ozolinning ko’rsatishicha, bu terak bo’yi 5 yoshligida 15,6 metrni, yo’g’onligi 10,3 santimetrni va yog’och miqdori gektariga 64,4 metr3 ni, 20 yoshligida balandligi 24,4 metrni, yo’g’onligi 29,9 santimetrni va yog’ochi 950 metr3 gachani tashkil etadi. Bu terak yer osti suvlari yaqin yerlarda yaxshi o’sishi natijasida kanallarda dala maydonlari tomon 40-50 metr yerlarda barpo etiladigan ihota daraxtzorlarga ekilsa yaxshi natija beradi. Avvalambor, u yer zaxlanishining oldini olsa, ikkinchidan, yaxshi o’sib, qishloq xo’jalik ekin maydonlaridagi hosildorlikni oshirib, xo’jalikka katta samaradorlik keltiradi, uchinchidan, undan ko’plab yog’och mahsuloti olish mumkin.

Добавить комментарий