CHATQOL ZILZILASI

CHATQOL ZILZILASI — O’rta Osiyodagi eng kuchli zilzilalardan biri. 1946 yil 2 noyabrda sodir bo’lgan. Episentrda kuchi 9-10 ballga yetgan. Magnitudasi Rixter shkalasi bo’yicha 7,5 bo’lgan. Zilzila 150 dan ortiq qishloq va shaharlarda 9 balldan tortib, 4-5 ballgacha sezilgan. Hatto 240 kilometr uzokqlikdagi Toshkent shahri ham jiddiy talafot ko’rgan. Tebranish kuchi Toshkentda 7-8 ballni tashkil etgan. Tadqiqot ishlari natijasida zilzila o’chog’ining uzunligi 80 kilometr, eni 15 kilometr va chuqurligi 20-25 kilometr ekanligi aniqlangan. Bu yerda joylashgan seysmogen uzilmaning harakatga kelishi natijasida atrofdagi qoyatoshlar qula gan va tog’yon bag’irlarida chuqurligi 10-15 metrli yer yoriqdari hosil bo’lgan. Qulagan tog’jinslaridan vujudga kelgan uyum hajmi 4 million metr kubdan oshib ketgan va u Norin daryosini to’sib qo’ygan. Buning natijasida atrofda ko’llar hosil bo’lgan. Farg’ona, Chatqol va Talas Olatovi yon bag’irlaridagi 50 dan ortiq qishloqni xarobaga aylantirgan. Shuningdek, Podshootasoy, Aravon, Aflotun, arqit, Ketmontepa oraliqlaridagi yo’llar buzilib, turli xil ko’rinish (shakl)ni olgan. Zilzila episentri Chatqol—Otoynak seysmogen zonasida bo’lib, asosiy yer qimirlashdan keyin ham 2 yil mobaynida kuchli tebranishlar qayd qilingan. Ularning kuchi 6-8 ballga yetgan. Keyingi zilzilalardan Farg’ona vodiysidagi aholi punktlari yana talafot ko’rgan.