CHEGRAVA

CHEGRAVA (Hydroprogne caspia) — baliqchisimonlar turkumining chigirtchilar oilasiga mansub qush. Oilaning eng katta vakili. Vazni 600-700 gramm. Qanotlari yozilganda 120-130 santimetr. Dumi ayrisimon. Boshini usti qora. Tanasining usti och kulrang, qorni oq. Tumshug’i baquvvat, qizil, oyog’i qora. Janubiy Amerikadan boshqa hamma joylarda tarkqalgan. Afrikada va Janubiy Osiyoda qishlaydi. Sho’r suvli havzalarning kumli va qum toshli orollarida koloniya bo’lib uya quradi. 3 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 22-25 kun bosadi. Asosan, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchi umurtqasizlar, ba’zan qushlar tuxumi va jo’jalari bilan oziqlanadi.